Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Beshariq tumanida "Dream life" nodavlat ta’lim maskani ochildi

21-yanvar 2025-yil
image

Maktabning ochilish marosimi ishtirokchilari ramziy lenta qirqilgach mazkur maktabda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar. 

Maktab hozirda 320 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniga ega bo‘lib, muassasada yoshlarni har tomonlama bilim olishlari uchun talabdagi barcha shart va sharoitlar mavjud.

Tadbirda so‘z olgan maktab direktori Baxriddin Mamatqulov muassasada eng ilg‘or ta’lim uslublari orqali aniq fanlar va ingliz tilini o‘rgatish, ta’lim berish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy etish imkoniyati mavjudligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb