Yangiliklar
Qo‘qonda “Sayyor qabul” tashkil etildi
22-yanvar 2025-yil
Sohalar kesimida eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan hududlarda aniqlangan tizimli muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan o‘tkaziladigan "sayyor qabullar" reja-jadvaliga muvofiq “Inson qadri” tamoyili asosida hududlarda "sayyor qabullar"ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining Qo‘qon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosida “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Bugungi "sayyor qabul" davomida 19 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, shundan 13 nafar fuqarolar murojaati tinglandi, 11 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 2 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarning asosiy qismi, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lash, rahbar-xodimlar xatti-harakatidan norozilik hamda moliyaviy masalada bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.