Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

23-yanvar 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda Quva tumanidagi 61-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar zaharlanmoqda, mazmundagi xabar yuzasidan bir qator bloger va jurnalistlar voqea joyini xolislik uchun o‘rganishga borishgan, o‘sha zahoti blogerlar va jurnalistlarni DMTT idorasidan tashqariga chiqishlarida ko‘cha bolalari ularni urib, tan jarohati yetkazishdi, mazmunda tarqatilgan xabar yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Quva tumani Oqqo‘rg‘on MFY Namuna ko‘chasida joylashgan 61-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ayni damda 75 nafar bolajonlar ta’lim va tarbiya olishmoqda. 

Ular belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanib kelinmoqda. 

O‘rganishlar davomida mazkur ta’lim muassasasida ovqatlanish jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablari va ovqatlanish meʼyor va talablari buzilganligi aniqlanmagan. 

Xabarda keltirilan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Blogerlar DMTT binosidan tashqariga chiqishlarida kaltaklanganligi yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb