Yangiliklar
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi apparat xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar
23-yanvar 2025-yil
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi apparat xodimlari Farg‘ona shahardagi 2-oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy tekshiruv jarayonida nafas a’zolari, yurak qon tomir, ovqat hazm qilish organlari, asab tizimi kasalliklari kabi bir qator kassaliklariga e’tibor qaratildi.
Kasallik aniqlanganda xodimlarga davolanishi uchun kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xodimlar sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha shifokorlar maslahatlarini oldilar.
Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuning 53-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlangan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.