Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Viloyatimizning 7 nafar o‘quvchisi Jahon va Osiyo chempionatlarida davlatimiz nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

24-yanvar 2025-yil
image

Sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bo‘yicha Andijon shahrida 2025-yil 13-20-yanvar kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilidi. 

Unda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan Respublika bo‘yicha jami 840 nafar o‘quvchilar qatnashdilar. Tadbirda Farg‘ona viloyati maktab o‘quvchilaridan 50 nafar shaxmatchilar ishtirok etishdi. Respublika musobaqa 3 yo‘nalishda o‘tkazildi.

Bellashuvda muvaffaqiyatli qatnashgan Beshariq tumani 49-umumimy o‘rta ta’lim 9-sinf o‘quvchisi Omonov Asrorjon klassika yo‘nalishida 3-o‘rinni, rapid yo‘nalishida 1-o‘rin va blis yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning rapid yo‘nalishida Farg‘ona shahar 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 10-sinf o‘quvchisi Vasilaxon Abdujabborova 2 -o‘rinni  qo‘lga kiritdi. 

G‘oliblar musobaqa “NIZOM”iga asosan tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Quvonarlisi, mazkur musobaqada qatnashib yuqori natija ko‘rsatgan viloyatimizning 7 nafar o‘quvchisi Jahon va Osiyo chempionatlarida davlatimiz nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb