Yangiliklar
XUSHXABAR
9-mart 2023-yil
Farg‘onalik o‘quvchi 8 tа nufuzli xalqaro oliygohlarda o‘qish uchun grantlarni qo‘lga kiritdi
Oltiariq tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulhayo Homidjonova dunyodagi bir nechta xalqaro universitetlarga hujjat topshirib, sinovlar natijasiga ko‘ra 8 ta nufuzli oliygohlarning jami 328 ming AQSh dollar miqdorida grantini qo‘lga kiritdi.
Gavharoyning bilimini Wingate University, British Managenent University in Tashkent, University of Arizona, Duquesne University, Heriot-Watt University in Dubai, University of Alabama, University of Minnesota Morris va University of Minnesota Crookston kabi xalqaro universitetlar yuqori baholab, unga oily ta‘lim muassasalarining talabalari safida grant asosida o'qishga qabul bo'lganini ma'lum qilishdi.
Ma'lumot uchun, Gavharoy 2022-yilda ingliz tilidan IELTS bo‘yicha 6 ballni qo‘lga kiritgan.
Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.