Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘ona shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

31-yanvar 2025-yil
image

 Unda shahardagi ta’lim muassasalarining direktorlari ishtirok etdi.

Seminar avvalida ishtirokchilarga maktab direktorining joriy yil uchun belgilangan ustuvor vazifalari  taqdimoti havola etildi.  

Tadbir davomida mehmonlar muassasadagi xorijiy tillar mashg‘ulotlari, tikuvchilik va pazandachilik to‘garaklari faoliyat bilan yaqindan tanishdilar. 

Seminar doirasida maktabda tashkillangan “Quvonch maydoni”, “Tinchlik daraxtzori” va “Ilm bog‘i” loyihalari ham ko‘zdan chetda qolmadi. Mazkur ishlar ko‘pchilikda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb