Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

YASHIL MAKON SARI YO'L

29-yanvar 2025-yil
image

Farg‘ona tumanidagi taʼlim muassasalarida ham besh bosqichli "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

Tumandagi 1-sektor hududidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘rtasida belgilangan mezonlar asosida tanlov qizg‘in tayyorgarlik bilan o‘tkazildi. 

Tabiat himoyachilari mazkur bosqichda to‘trta shart bo‘yicha bellashdilar. 

Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 19-maktabning "Yosh ekolog" jamoasi birinchi, 2-maktabning "Yashil nigoh" va 1-maktabning "Ekologiya" jamoalari ikkinchi, 4-maktabning "Yashil makon" jamoa bilimdonlari esa uchinchi o'ringa munosib topildilar. 

Tumandagi 19-maktabning "Yosh ekolog" jamoasi sinovlarda eng yaxshi natijalar ko‘rsatib, ushbu respublika tanlovining keyingi, tuman bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb