Yangiliklar
Buvayda tumanidagi 23-Davlat Maktabgacha taʼlim tashkiloti mukammal ta’mirlandi
29-yanvar 2025-yil
Tumanning Olitinqo‘rg‘on MFY hududida joylashgan mazkur bolalar bog‘chasi qayta ta'mirlanib, yangilangan ko‘rinishda foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy tus olgan ta’lim maskaniga davlatimiz tomonidan 4 milliard 300 million so‘m mablag‘ yo‘naltirirldi.
Endilikda ta’lim tashkilotining imkoniyatlari yanada kengaydi. Uning quvvati 130 o‘rindan 330 o‘ringa oshirildi.
Muassasaning ochilish marosimida tuman hokimi sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.