Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

27-yanvar 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Izoh o‘zingizdan” rukni ostida Quva tumanidagi 13-maktabning devori hamda hududdagi to‘planib qolgan chiqindilar suratlari taqatildi. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Quva tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1976-yilda tashkillangan. Ta’lim maskanining binosi 2012-yilda ta’mirlangan. 

Hozirda maktabda 1200 nafar o‘quvchilar ta’lim va tarbiya olishmoqda. Haqiqatan ham maktab hududini o‘ragan devor ta’mirga muhtoj. Maktab jamoasi 2024-yilning ikkinchi bosqichida tashabbusli byudjet loyihasida qatnashib, g‘olib bo‘lishgan.

 Loyihaga asosan bir milliard uch yuzi oltmish million so‘m mablag‘ maktab atrof devorlari, maktab oshxonasi va maktab hojatxonasini  qayta ta’mirlashi ko‘zda tutilgan. 2025-yilda ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan. 

Ta’lim maskanida tozalik-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib hudud chiqindilar olib chiqanligini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb