Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“SIZ EKOLOGIYAGA OID QONUNLARNI BILASIZMI?”

27-yanvar 2025-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish s'hora-tadbirlagi to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jamiyatda yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy huquq tizimiga hurmat munosabatini shakllantirish, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillariga nisbatan huquqiy immunitetini shakllantirish, qonun buzilishi holatlariga murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi umumiy o‘rta talim maktablar o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" mavzusida ko‘rik-tanlovining maktab bosqichlari tashkillandi. 

Bugun tumandagi 2-DIUMda 1-sektor hududidagi maktablar o‘quvchilari ortasida o‘tkazilgan bellashuvda g‘oliblar aniqlandi. 

Unda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 15-maktab jamoasi 1-o‘rinni, 11-maktab jamoasi ikkinchi va 35-maktab jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Respublika tanlovining sektorlar bosqichi tumanda ushbu haftada davom etadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb