Yangiliklar
Bugun Farg‘ona tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Birgalikda tarbiyalaymiz, birgalikda o'samiz!” shiori ostida umumiy ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi
25-yanvar 2025-yil
Mazkur tadbirda maktab direktori Axrorjon Qo'shnazarov farzand tarbiyasida ota-onalar hamkorligi xususida gapirdi va o‘qituvchilarning bu boradagi roli va o‘rni ota-onalrning zimmasidagi mas'uliyat hamda vazifalariga alohida to'xtalib o'tdi.
“Birgalikda tarbiyalaymiz, birgalikda o'samiz!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur yig'ilishda yoshlarning muammolariga, kelajakdagi o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlarida ularni qo‘llab-quvatlashga ko‘proq e’tibor qaratish, dilbandlarimizning ezgu g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ota-onaning o‘zaro samimiyati, farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi ta’kidlab o’tildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.