Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Oltiariqda y’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

25-yanvar 2025-yil
image

Tumandagi 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabida tashkillangan mazkur yig‘ilishida umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.

Unda maktablar koefitsenti, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, yuqori malakali o‘qituvchilarni saralab olish va istiqbol rejalashtirishning holati, 2024-yil davomida umumta’lim maktablaridagi pedagog va o‘quvchilarning milliy va xalqaro darajadagi sertifikat olishi, 2025-yilda mazkur yo‘nalishda belgilangan rejalar va uni amalga oshirish mehanizmlari, o‘tgan yil davomida bitiruvchilarni OTMga jalb qilish va amalga oshirilgan ishlar tahlili, fan olimpiadasining tuman bosqichi natijalari, АКТ sohasi, viloyat maktablarida voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar tahlili, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili to‘g‘risida fikr yuritildi. 
Bundan tashqari, asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichida 1-2-3-o‘rinni egallab, go‘liblikni qo‘lga kiritgan 5 nafar o‘quvchilarning ustozlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb