Yangiliklar
Tumanda ta’lim sohasiga mehnati singgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan bir qator ustozlarni bayram munosabati bilan tabriklab, esdalik sovg‘alari yetkazdi.
7-mart 2023-yil
Tumanda ta’lim sohasiga mehnati singgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan bir qator ustozlarni bayram munosabati bilan tabriklab, esdalik sovg‘alari yetkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Vahobjon Rajapov va Yozyovon tuman hokimi Dilshodjon Djalilov tumanidagi 4-maktabda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.
Tadbir davomida maktabning faxriy o‘qituvchisi M.Aliyevani 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tabrikladilar.
Shundan so‘ng, vazir maslahatchisi tumanda imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilar xonadoniga bordi.
Ular bilan suhbatlashdi hamda o‘quvchilarga vazirlik nomidan esdalik sovg‘alarni topshirdi.
Tumanda ta’lim sohasiga mehnati singgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan bir qator ustozlarni bayram munosabati bilan tabriklab, esdalik sovg‘alari yetkazdi.