Yangiliklar
Biz korrupsiyaga qarshimiz
31-yanvar 2025-yil
"Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzuida Farg‘ona shahri va Farg‘ona tumanida tadbir tashkillandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, ayniqsa, oxirgi yillarda sezilarli ravishda jonlantirildi, xususan, davlat organlari va tashkilotlari oshkoralik tomon qadam tashlab, OAVlari va jamoatchilik nazorati subyektlariga ma’lumot va hisobotlar berib borishi yo‘lga qo‘yildi, davlat xizmatchilari va fuqarolarning o‘zaro bevosita munosabatlari yanada qisqartirilib, elektron axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish tobora kengaytiridi va bu borada inson omili qisqartirilmoqda.
Bugun Farg‘ona shahridagi 5-maktabda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi tomonidan tizimda korrupsinyaning oldini olish mavzuida tashkillangan tadbirda shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlari va soha masʼullari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan VMMTB Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi boshlig‘i Nodirjon Ahmedov, MMTV ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi vakili Baxtiyor Mahmudaliyev sohada qonun buzilishi va korrupsion holatlarning kelib chiqishi, ta’magirlik illati, lavozimlarni suiiste’mol qilinishining salbiy oqibatlari xususida gapirdilar.
Tizimda faqatgina korrupsiyaning oqibati bilan emas, uning kelib chiqish sabablari bilan ham kurashish barchaning harakatiga bog‘liqligiga e’tibor qaratishdi.
Bu borada jamoatchilik nazoratining o‘rni beqiyosligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida soha mas’ullari savollarga tegishli tartibda javoblar ham berishdi.
Bugun tizimda noqonuniy harakatlar va korrupsion holatlarning oldini olish mavzuidagi tadbir Farg‘ona tumanidagi 24-maktabda ham bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi maktab direktorlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari qatnashdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.