Yangiliklar
MILLIY LIBOSLAR — QADRIYATIMIZ
7-fevral 2025-yil
Yoshlarda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda milliy liboslarning o‘rni beqiyos. Milliy liboslarimiz – bu, xalqimizning boy madaniyati va an’analarining yorqin timsoli.
Har bir bezagi, har bir naqshi xalqimizning ko‘p asrlik an’analar va milliy qadriyatlarini mujassam etgan.
Ayniqsa, atlas va adras matolaridan tikilgan milliy liboslar nafaqat nafisligi, balki o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi.
Yozyovon tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bugun darslar milliy liboslar targ‘iboti bilan boshlandi.
Atlasu adras kiyib olgan o‘quvchi qizlar, boshida milliy do‘ppisi bilan g‘oz turgan yigitchalar o‘zligimizni namoyon etdilar.
Bu liboslar farzandlarimizning qadryatlarimiz ruhida tarbiyalashga va o‘zligimizni saqlab qolishga xizmat qiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.