Yangiliklar
"Ingliz tili bilimdonlari" intellektual olimpiadasi yakunlandi
6-fevral 2025-yil
Farg‘ona viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi Ingliz tili to‘garak a’zolari "Ingliz tili bilimdonlari" intellektual olimpiadasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Bugun Farg‘ona shahar 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Ingliz tili bilimdonlari" intellektual tanlovining viloyat bosqichi finalida eng bilimdon jamoalar g‘oliblik uchun bellashdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, Rishton tumani – 1-o‘rinni; Yozyavon tumani – 2-o‘rinni va Beshariq tumani – 3-o‘rinni egalladi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.