Yangiliklar
Noshloqda ”Islohot-amaliyot-natija” shiori ostida amaliy seminarlar tashkillandi
6-fevral 2025-yil
Xabar berganimizdek, bugun Toshloq tumanidagi bir qator ta’lim maskanlarida ”Islohot-amaliyot-natija” shiori ostida amaliy seminarlar tashkillandi.
Tumandagi 10-maktabda o‘quvchilar dunyoqarashlarini kengaytirish, o‘qituvchilar tajribalari va mahoratlarini oshirish, o‘quvchilar bilim samaradorligini ko‘tarish hamda ulardagi odob va axloqni yanada yaxshilashda ota-ona, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash maqsadida muntazam tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.
Ta’lim dargohida bugungi tashkillangan o‘quv seminarda hududdagi maktablarning direktor o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar, boshlang‘ich ta’lim va xorijiy tillar o‘qituvchilari vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar maktabda tashkillangan dars jarayonlari, unda foydalanilayotgan o‘quv qurollari, to‘garaklar faoliyati, meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash tartiblari bilan tanishdilar. Darslarni tahlil qildilar.
Ilg‘or pedagoglar tomonidan o‘quvchilarni dars mashg‘ulotiga qiziqtirish borasida foydalanilayotgan dars o‘tishning istiqbolli uslublari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shu kuni o‘quvchilar ota-onalari bilan ham kun tartibidagi shior doirasida suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan “Navoiyga ehtirom” ma’naviy-ma’rifiy dastur mehmonlarga taqdim etildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.