Yangiliklar
SAYYОR QABUL
6-fevral 2025-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi tomonidan Farg‘ona viloyati mahallalarida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va tashkiliy chora-tadbirlarga uslubiy ko‘maklashish, sohalar kesimida eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan hududlarda aniqlangan tizimli muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan “Inson qadri” tamoyili asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishtirokida Buvayda tumani Musiqa maktabi binosida “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 11 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, shundan 8 nafar fuqarolar murojaati tinglandi, 6 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 2 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarning asosiy qismi, qurilish-ta'mirlash, qo'shimcha bino qurish, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, rahbar xodimlar xatti-xarakatidan norozilik masalalarida bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.