Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ”

6-fevral 2025-yil
image

Yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni salbiy ta’sirlardan saqlash, eng xavfli jinoyatlardan biri hisoblangan, insoniyat tomonidan «Asr vabosi» deb tan olingan giyohvandlik illatiga qarshi kurash, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni bu illat domiga tushib qolishlarining oldini olish, ushbu illatning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, giyohvandlik oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Bugun ana shunday tadbirlar Quva tumanidagi 9-, 11-, 51-umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida tashkillandi. 

Ushbu davra suhbati davomida soha mas’ullari tomonidan o‘quvchilarga mazkur illatning  keltirib chiqargan salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. 

adbir davomida namoyish etilgan videofilm orqali ishtirokchilarga  giyohvandlik oqibatida sodir etilgan jinoyatchilarning ayanchli avholiga baho berildi.

Iroda BAHROMOVA, tuman MMTB metodisti. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb