Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Respublika ishchi guruhi vakili 90 yoshli faxriy ustoz holidan xabar oldi

6-fevral 2025-yil
image

Bugun Respublika ishchi guruhi a’zosi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili Abdurauf Abdug‘aniyev Toshloq tumanidagi mehnat faxriysi 90 yoshli Munavarxon momo Shomatova xonadonida bo‘ldi. 

Suhbat chog‘ida Munavarxon momo bugungi faravon hayotidan mamnunligidan shukronalar aytib, eʼtibordan behad shod bo‘lganini bildirib, qo‘l ochib barchani duolar qildi. 

Maʼlumot uchun Munavar Shomatova 40 yildan ortiq vaqt davomida tumanda taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilgan. Jumladan, 8-maktabda kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchisi, 9-10-maktablarda direktor vazifasida ishlagan. Uning yuzlab shogirdlari davlatimizning turli jabhalarida masʼuliyatli lavozimlarda ishlab kelishmoqda.


Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb