Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Toshloq tumanidagi 1-maktabda g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

6-fevral 2025-yil
image

Toshloq tumanidagi 1-maktab navbatdagi "Tashabbusli byudjet" loyihasida g‘olib bo‘lib, muasassaga qo‘shimcha 80 o‘rinli o‘quv binosi qurish uchun bir millard so‘m mablag‘ yutub olgandi.

Bugun ta’lim tashkilotida mazkur binoga ramziy birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Elmurodxon Madaminov, tuman MMTB rahbari Abdumajit Soliyev, mahalla faollari, faxriy ustozlar va maktab jamoasi ishtirok etishdi. 

Yaxshi niyat bilan birinchi ta’mal toshi — g‘ishtni faxriylar qo‘yib, bunyodkorlik ishlarini boshlab berdilar.

Ma’lumot uchun Toshloq tumanidagi 1-maktab 1985-yilda 1144 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Ayni damda ta’lim tashkilotida salkam 1800 nafar o‘quvchilar ta’lim va tarbiya olishmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb