Yangiliklar
MARG‘ILONDA HAMKORLIKDA SEMINAR TASHKILLANDI
5-fevral 2025-yil
Xabaringiz bor, Gyote-Institutining til sohasidagi faoliyati boshlang’ich va o’rta maktablarda, shuningdek, oliy o’quv yurtlarida hamda kattalar ta’limida olmon tilini chet tili sifatida o’rganishni targ’ib qilish chora-tadbirlaridan iborat. Joylarda o’qituvchilarni olmon tilini o’rgatish jarayonida yangi dars metodlari bilan qo’llab-quvvatlaymiz.
Bundan tashqari, Gyote-Instituti bosqichma-bosqich olib boriladigan boshlang’ich va ilg’or darajadagi til kurslarini taklif etadi. Mazkur kurslarda nafaqat tilni o’rganish, balki Germaniyadagi ijtimoiy va madaniy hayot bilan yaqindan tanishish mumkin. Barcha darajadagi til o’rganuvchilar uchun tegishli imtihonlarni topshirish imkoniyati ham mavjud.
Bugun Marg‘ilon shahridagi 19-maktabda mazkur institut bilan hamkorlikda birgalikda "Nemis tilini o‘rganamiz va kasblarni o‘rganamiz" mavzuida seminar tashkillandi.
Bugungi tadbirda shahardagi maktablardan va hududdagi tumanlardan soha vakillari hamda pedagoglar ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilar davomida dars jarayonlari va kasbga yo‘naltirish to‘garaklari faoliyati bilan tanishdilar hamda mashg‘ulotlarni kuzatdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.