Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"ZAMONAVIY MAKTAB"...

6-mart 2023-yil
image

"ZAMONAVIY MAKTAB"...

2022-yilda Farg‘ona viloyatida jami 192 ta maktab (163 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablari, 29 ta IDUM) o‘rganildi, shundan 71 tasi (36,9%) "Zamonaviy maktab" maqomiga ega bo‘ldi (16 ta 2-darajali va 55 ta 3-darajali). 

Tumanlar miqyosida esa eng yaxshi natijalarni Farg‘ona tumani (72,7%), Farg‘ona shahri (70%) va Rishton tumanlari (69,2%) ko‘rsatdi. 

Afsuski So‘x tumanida birorta ham maktab "Zamonaviy maktab" maqomini olmadi. 

Farg‘ona viloyatidagi "qizil" bo‘lgan maktablarda asosan ta'lim-tarbiya va malakali mutaxassislar bo‘yicha kamchiliklar borligini ko‘rish mumkin.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb