Yangiliklar
“Yoshlar orasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish”mavzuida tadbir tashkil etildi
5-fevral 2025-yil
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi barcha umumta’lim maktablari, hududdagi xususiy maktablar, litseylar va kasb-hunar maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va soha mas’ullari ishtirokida “Yoshlar orasida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish”ga bag‘ishlangan kengaytirilgan tadbir tashkil etildi.
Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi rahbari boshchiligida viloyat hokimligining mas’ullari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va yoshlar masalalariga oid tashkilotlar ishtirok etishdi.
Tadbirda profilaktik tadbirlarda asosiy e’tibor, aholining «xavf guruhi"ga kiruvchi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarga katta urg‘u berilayotgani, o‘quv muassasalarida, «xavf guruhi"ga moil o‘quvchi-yoshlar monitoringi olib borilmoqda, ular bilan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mavzusida tushuntirish ishlari va suhbatlar muntazam uyushtirilayotgani, yoshlar va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida qiziqishlari bo‘yicha turli sport musobaqalar va to‘garaklarga jalb qilinayotgani o‘zining ijobiy natijalarini berayotgani alohida ta’kidlandi.
Ushbu keng qamrovli harakatlarga kompleks yondashuv katta ahamiyatga ega, shuning uchun bu yo‘nalishdagi tadbirlarni amalga oshirishga nafaqat vazirlik va idoralar, balki «Kamolot» YoIH, «Mahalla» xayriya fondi, «Xotin-qizlar» qo‘mitalari kabi jamoat tashkilotlari ham biriktirilgan.
Psixoaktiv moddalarning zararli ta’sirini tushuntirish uchun videoroliklar, ma’ruzalar orqali “O‘zbekistan Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan milliy dasturda belgilangan vazifalar keng muhokama etilib, oldinda turgan dolzarb masalalar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha ana shunday davra suhbati Farg‘ona politexnika inistitutida ham bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.