Yangiliklar
“TURON YO‘LBARSLARI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING FARG‘ONA VILOYATI BOSQICHI O‘TKAZILDI
5-fevral 2025-yil
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yosh avlodga sifatli ta’lim, munosib tarbiya berish bilan bir qatorda ularni jismonan barkamol va vatanparvar shaxslar etib voyaga yetkazish maqsadida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Bugun mazkur tanlovning Farg‘ona viloyati bosqichiga start berilib, ochilish marosimida so‘z olgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi E’zoza Karimova, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan ishtirokchi jamoalarga omadlar tilashdi.
Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchilarining “Vatan tayanchi” a’zolari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining mazkur bosqichida viloyatdagi 21 ta jamoa belgilangan Nizom talablari asosida 9 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Hakamlar qaroriga ko‘ra 3-o‘rinni Shunqor Marg‘ilon shahar IMIning “Ko‘k bo‘ron” jamoasi, 2-o‘rinni Farg‘ona shahar shahridagi Prezident maktabi “Qalqon” jamoasi jamoasi va Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Shunqorlar” jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatib 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bellashuvning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.