Yangiliklar
Farg‘ona shahar 5-MTT tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
5-fevral 2025-yil
Farg‘ona shahridagi 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun 2-poliklinika tibbiyot mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rik tashkillandi.
Ushbu tadbir bolalarning sog‘lig‘ini nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik choralarni kuchaytirishga qaratildi.
Har bir bola pediatr, terapevt, stomatolog, oftalmolog va boshqa mutaxassislar tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Bolalarning immunitetini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bolalar salomatligini doimiy ravishda nazorat qilish va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.