Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

4-fevral 2025-yil
image

Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan Korrupsiya azaldan jamiyat va davlat ravnaqiga to‘sqinlik qilib kelayotgan eng jirkanch omillardan biridir. Taʼkidlab o‘tish joizki, bu zararli illat insonlarning katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishdan qa’tiy nazar barcha davlatlarda uchraydi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab, davlatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatni qurishning umum strategiyasini amalga oshirish doirasida, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boyicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda mazkur illatga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan joylarda qonun buzilish va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoda.

Bugun Quvasoy shahridagi 1-IMDUMda shahardagi ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshimiz" mavzuida ochiq muloqot tashkillandi.

Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi rahbari Nodirjon Ahmedov, boshqarma bo‘lim boshliqlari Abdujjabor G‘aniyev va Azizbek Ergashev  tomonidan tizimda korrupsinyaning oldini olish borasida o‘z yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirib berdilar. 

Korrupsiya bor joyda o’sish bo’lmaydi, desak adashmagan bo’lamiz. Chunki korrupsiya shaffoflikni yo’qotadi. Shaffoflik bo’lmagan joyda esa o’sish va rivojlanish sur’ati pastlab ketadi, ko’zbo’yamachilik avj oladi. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’ladi. Shu asnoda ta’lim tizimida ham korrupsiyaning avj olishi natijasida, ta’lim va tarbiyaning samaradorligi oshirilishiga putur yetkazadi. Jamoada nosog‘lom muhit paydo bo‘ladi.

Tadbirda hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan mustaqil O’zbekiston Respublikasidagi ayrim sohalarining tarraqiy etishiga to’sqinlik qilayotgan korrupsiya sekin-astalik bilan yo’qolib bormoqda, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Lekin bu zararli illatni nafaqat ta’lim tizimi, balki jamiyatimining barcha sohalaridan quvib chiqarishimiz uchun hamma birdek harakat qilishi darkorligi alohida ta’kidlandi.

Muloqot davomida Mehnat kodeksi talablari, ichki tartib me'yorlari, qonunchilikda belgilangan bir qator sohaga doir hujjatlar bilan ishlash, fuqaro murojaati va ular bilan xush muomalada bo‘lish, rahbarning tom ma'nodagi madaniyati xususida ham atroflicha tushunchalar berildi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli tartibda javoblar qaytarildi.

Xulosa o’rnida ta’kidlab o’tishimiz joizki, hozirgi kunda Respublikamizda Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qizg’in ishlar olib borilmoqda. Korrupsiya bo’lmasdan shaffoflik bo’lsa, barcha sohalarning samaradorlik darajasi o’zgaradi, ya’ni sifati oshadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb