Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Sertifikatlar yuqori ballar bilan qo‘lga kiritdi 

3-fevral 2025-yil
image

Buvayda tumanidagi 2-viloyat ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati (2-VIDIMI) 11-"A" sinf o‘quvchisi Rajabov Azizbek Akmaljon o‘g‘li o‘zi tanlagan OTM yo‘nalishi bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. 

Matematika, ingliz tili, majburiy ona tili, majburiy matematika fanlaridan barcha sertifikatlarini yuqori ballar bilan muddatidan avval qo‘lga kiritdi! 

 Hozirda Azizbek tarix fanidan BMBA milliy sertifikat imtihoniga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Barcha fanlardan maksimal natijalarga erishishida o‘quvchimizga omad tilaymiz!

 Nodirbek Yusufjonov, 
Maktab-internat o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb