Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XUSHXABAR

6-mart 2023-yil
image

Oltiariq tumanidagi 2-maktabining 11-sinf o‘quvchisi Oybek Abduxalimov muddatidan avval talaba bo'ldi.

U dunyodagi bir nechta xalqaro universitetlarga hujjat topshirib, sinovlar natijasiga  ko‘ra 10 ta nufuzliu oliygohlarning jami 1 million 62 ming AQSh dollar miqdorida grantini qo‘lga kiritdi. 

Oybekning bilimini New York University, University of Minnesota Twin Cities, University of Missouri, University at Buffalo, Kalamazoo College, University of Arizona, Missouri University of Science and Technology, Valparaiso University, Virginia Institute of Technology kabi xalqaro universitetlar yuqori baholab, unga oily ta‘lim muassasalarining talabalari safida grant asosida oqishga qabul bo‘lganini ma'lum qilishdi.

Ma'lumot uchun, Oybek 2021-yilda matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiyadaning viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, sinovning Respublika bosqichida ishtirok etgan. 2022-yilda ingliz tilidan IELTS bo‘yicha 7 ballni qo‘lga kiritgan.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb