Yangiliklar
Farg'ona shahar 40-IDUMda mamlakatimizda juma kuni "Milliy liboslar kuni" eʼlon qilinganligi munosabati bilan katta tadbir tashkil etildi.
1-fevral 2025-yil
Unda jamoat tashkiloti vakillari, soha masʼullari ham qatnashdilar.
Mehmonlar muassasa sinflarida o'tkazilgan ma'naviyat soatlarida va
"Milliy liboslar — bizning faxrimiz" shiori ostida tashkilangan bayram tadbirida ishtirok etib, o'quvchilarda milliy g'urur va iftixor tuyg'ulari singdirilganligi, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalanganligining guvohi bo‘ldilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.