Yangiliklar
Farg'ona tumanidagi 44-maktab pedagogik jamoasi tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkillandi
8-fevral 2025-yil
Milliy liboslar xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlarini mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, o‘quvchilar qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida, Farg'ona tumanidagi 44-umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagogik jamoasi va o'quvchilari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkillandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.