Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONADA AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

8-fevral 2025-yil
image

Farg‘onada Xalqaro baholash sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi. 

Xabar berganimizdek, Farg‘ona shahridagi TATU filialining faollar zalida Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni ruvojlantirish hamda Xalqaro baholash sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amaliy seminar  tashkillandi. 

TATU filialining faollar zalida (asosiy studiyada) Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri maslahatchisi Ulug'bek Tashkenbayev, viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, viloyatdagi oliygohlar rahbarlari, viloyat Pedagogik mahorat markazi rahbarlari va metodistlari, shahar va tumanlar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshliqlari, xalqaro tadqiqot uchun tanlab olingan maktablar rahbarlari hamda soha masʼullari, shuningdek, viloyatimiz shahar va tumanlari maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidagi studiyalarda bo‘limlarning maktablar sho‘‘basi rahbarlari va barcha turdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablar direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari onlayin tarzda qatnashdilar.

Seminar avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov viloyatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, Xalqaro baholash sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, viloyat hokimligi tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, xususan, 2025-yilni viloyatda “Ta’limga ko‘maklashish yili” deb eʼlon qilingani haqida gapirib, seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda so‘z olgan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri maslahatchisi Ulug'bek Tashkenbayev O‘zbekiston ikkinchi bor Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi (PISA)da ishtirok etayotgani haqida gapirib, Loyiha yana Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani, "PISA — 2025"ning pilot testlari joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tishi, hozirda ta’lim sohasi mutaxassislari metodologiya bilan ishlashni yo‘lga qo‘yayotgani, tizimdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini yaxshilash yo‘lida ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘ilganligini ta’kidladi.

Soha mutaxassislari "PISA — 2025" doirasida o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha ishlatiladigan metodologiya, testlar va savollardan iborat onlayn platforma harakatda ekanligini eslatib o‘tdi.

Ma’lumki, "PISA — 2025" xalqaro tadqiqotlarida viloyatimizdan 21 ta maktab tanlab olingan unda 2 tasi nodavlat ta’lim muassasalari va bitta Prezident maktabi o‘quvchilarining ishtiroki rejalashtirilgan.

Tadbirda joriy yilning 7-8-fevral kunlari vazirlik ishchi guruhi viloyatimizda pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "PISA — 2025"ga tayyorgarlik ishlari, o‘qituvchilarning “Kasbiy rivojlantirish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soat”larini  o‘tkazish jarayonlari o‘rganilgani, joylarda fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, bu borada amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kerakli tavsiya va topshiriqlar berilganligi ham e’tirof etildi.  

Seminar davomida nufuzli xalqaro baholash tadqiqotlariga hozirlik ko‘rish va uni muvaffaqiyatli o‘tkazish yuzasidan tegishli va aniq vazifalar belgilab ham olindi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb