Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT 

25-fevral 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarda "Toshloq tumanidagi 42-maktabda beshinchi sinf o‘quvchilari orasida uch nafar bolada tuberkulyoz aniqlanganligi, shunga qaramay, maktab o‘z faoliyatini oddiy tarzda davom ettirayotgani, muassasada kasallik aniqlangani, lekin hech qanday chora ko‘rilmayotgani" tanqid ostiga olingan.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va tegishli tashkilotlar tomonidan holat nazoratga olingan.

O‘rganish davomida Toshloq tumanidagi 42-maktabdagi 5-sinfining bir nafar o‘quvchisi N.M. da tuberkulyoz kasalligi aniqlangan. 

Shu zahoti SES tuberkulyoz dispanseriga xabar berilgan. Shu kunning o‘zida maktabda dezinfeksiya ishlari olib borilgan. Maskali rejimga o‘tkazilgan. 

Kasal aniqlangan, mazkur sinfda kontaktda bo‘lgan 15 nafar o‘quvchilar Farg‘ona tumanidagi Vodil bolalar sihatgohiga joylashtirilgan. Belgilangan tartibda proflaktika harakatlari olib borilgan. O‘quvchilarning salomatligi yaxshi. 

Soha mas’ullarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, ularda salbiy holatlar kuzatilmagan.

Mutaxassilarning ma’lum qilishicha, bemorning ota-onasi ham tekshuruvdan o‘tkazilgan, ularda va oila a’zolarida kasallik alomatlari aniqlanmagan. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb