Yangiliklar
“Kitobsevar millat”
25-fevral 2025-yil
Kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida yurtimizda ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun Quvasoy shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘rtasida "Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi" tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning 3 ta shart bo‘yicha bergan javoblari hakamlar tomonidan munosib baholandi.
Bellashuvda yaxshi natija ko‘rsatgan shahardagi 11-maktab o‘quvchisi Dilnavoz Xakimjonova 1-o‘rinni, 18-maktab o‘quvchisi Laziza Maxmudjonova 2-o‘rinni va 3-o‘rinni Fayzuniso Kodirova egalladilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.