Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
25-fevral 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda "Bag‘dod tumanida hamma o‘qituvchilar aniq gazeta o‘qiydimi?" sarlavhasi ostida tarqatilgan xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.
Ushbu xabarda Bag‘dod tumanidagi ta’lim muassasalari majburiy obuna qilinayotganiga ishora qilingan va “nashrlarga obuna jadvali”ning ko‘chirma nusxasi joylashtirilgan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli tartibda qo‘shimcha ma'lumot berilishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.