Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Korrupsiya tizim kushandasi

25-fevral 2025-yil
image

Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Shuningdek, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, o‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini ko‘paytiradi. 

Mazkur illatga qarshi kurash barchamizning ishimizdir. Shu maqsadda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan sohada korrupsiyaning oldini olish maqsadida tadbirlar tashkillanmoqda.

 Navbatdagi ushbu mavzudagi tadbir O‘zbekiston tumanida tashkillandi.

Unda tumandagi ta’lim tashkilotlari rahbarlari, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda huquq-tartibot idoralari vakillari qatnashdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb