Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Press-tur tashkil etildi

25-fevral 2025-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil I chorak “Media-rejasi”ga asosan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan OAV vakillari, telejurnalistlar, bloger va erkin jurnalistlar uchun navbatdagi Press-tur tashkil etildi.

Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Hunarmandchilik va qo‘l mehnati yo‘nalishida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatli bilan tanishish" mavzusida bo‘lib o‘tgan PRESS-turda tadbir ishtirokchilari muassasa faoliyati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasidagi ishlar, jumladan, tashkil etilgan to‘garaklar jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Ayni damda mazkur ta’lim maskanida "Aviamodel", "Yosh dasturchi", "Shaxmat-shashka", "Mini fudbol", "Yosh ekolog", "Tasviriy san’at", "Yumshoq o‘yinchoq", "Yosh pazanda",  "Floristika", "Liboslar dizayni", "Ona tili va adabiyot", "Matematika", "Chet tili" singari to‘garaklar bolajonlar bilan gavjum. 

Anjuman doirasida tadbir qatnashchilari muassasadagi ustozlar va to‘garak a’zolari bildan suhbatlashdilar. O‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan yasagan aviamodel, gullar va jihozlarni namoyish qildilar, fan to‘garagi a’zolari bilimlarini mustahakamlab borishayotganini, bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tayotganini bildirishdi. 

Ma’lumot uchun, Farg‘ona shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida hozirgi kunda 7 xil yo‘nalishda 19 turdagi 32 ta to‘garaklarga 525 nafar o‘quvchilar qamrab olingan. Ulardan 10 ta umumta’lim maktablarida tashkillangan tarmoq to‘garaklar soni 22 ta, o‘quvchilar soni 389 ta. Madaniyat MFYda 1 ta to‘garak 10 ta o‘quvchi. 86-imkoniyati cheklangan maktab internatida 7 ta to‘garak 87 ta va o‘z binosida 2 ta to‘garak 39 nafar o‘quvchilar qamrab olingan. 

Tadbir so‘ngida savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb