Yangiliklar
Qo‘qon shahrida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan shahar hamda tumanlar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan viloyat o‘quv-seminar o‘tkazildi.
29-may 2023-yil

Unda doimiy nazorat vazifasi yuklatilgan mas’ul rahbar va xodimlar qatnashdi.
Hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlashda shaxsiy mas’uliyatni oshirish masalalariga bag‘ishlangan “Boshqaruv idoralari va muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash” mavzusidagi seminarda barcha faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida “UNICON SOFT MChJ” mutaxassislari tomonidan qog‘ozsiz ish yurtishga o‘tish jarayonini jadallashtirish maqsadida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan “edo.ijro.uz” tizimidan keng foydalanish imkoniyatlari keng tushuntirib berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.