Yangiliklar
Matbuot anjumani
25-fevral 2025-yil
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi faollar zalida OAV vakillari, telejurnalistlar, bloger va erkin jurnalistlar ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib otdi
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan 2025-yil I chorak “Media-rejasi”ga asosan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida "Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan taʼlimga ilg‘or metodikalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ixtiyorjon Mahkamov so‘z olib, tizimda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, taʼlim tizimidagi islohotlarning borishi va sohadagi bunyodkorlik va yangiliklar xususida maʼlumot berdi.
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan so‘z olgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sho‘ba mudiri G‘ulomjon Ortiqov sohadagi ilg‘or tajribalar, taʼlimda yangi innovatsion metodikalar, namunaviy xalqaro pedtexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi yutuqlar va istiqbolli rejalar hamda xalqaro hamkorliklar haqida batafsil gapirib berdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha mas’ullari bafurja javoblar berishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.