Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamgʻarmasiga davogarlar bellashmoqdalar
25-fevral 2025-yil
Fag‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog-xodimlari uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamgʻarmasi hisobidan 2025-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni aniqlash maqsadida nomzodlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ikki bosqichli saralashning 1-bosqich test sinovlarini oʻtkazish yuzasidan jarayonlar davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 441 nafar o‘qituvchilar ro‘yxati shakllantirilib, jarayonga masʼul xodimlar biriktirilgan va boshqarmaning 2025-yil 17-fevraldagi 48-sonli buyruq bilan tadiqlangan.
Ushbu pedagoglar guruhlarga taqsimlanib, ishtirok etadigan test jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’rilmoqda.
Test jarayonlari bugun Farg‘ona shahar 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘kaziladi. Test jarayonlari xolis va shaffof o‘tkazilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan va ishtirok etadigan pedagog-xodimlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.