Yangiliklar
Farg‘onada Al-Xorazmiy olimpiadasiga start berildi
24-fevral 2025-yil
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 13-yanvardagi 7-sonli buyrug‘i hamda Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2025-yil 30-yanvardagi 30-sonli buyrug'iga asosan viloyatimizda Al-Xorazmiy olimpiadasi o'tkazilmoqda.
Viloyatimizda ushbu olimpiadada 7-sinflarda aniq va tabiiy fanlardan 4 539 nafar, 8-sinflarda aniq va tabiiy fanlardan 4 568 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Bugunungi jarayonlarda aniq fanlardan 7-8-sinflardan 122 nafar o‘quvchi ishtirok etdilar.
Mazkur olimpiadaning Respublika bosqichida viloyatimizdan aniq fanlardan g‘olib bo‘lgan 6 nafar bilimdonlar ishtirok etadilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.