Yangiliklar
“Onalarga ehtirom” tanlovi
23-fevral 2025-yil
Diqqat! Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va jamoalari o‘rtasida “Onalarga ehtirom” tanlovi
Farg‘ona viloyat hokimligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Vodiy1.uz internet nashri hamkorlikda “8 mart xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab “Onalarga ehtirom” shiori ostida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda viloyatdagi Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari o‘z jamoalari – tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda 2 daqiqalik videroliklari bilan ishtirok etadi.
Tanlov shartlari:
Videokontent o‘quvchilarda onalarga hurmat va muhabbat ruhini uyg‘otishga xizmat qilish lozim. Ssenariyda she’riyat, qo‘shiq, raqs, teatrlashtirilgan sahna asari singari san’at turlaridan foydalanish mumkin.(slaydlar qabul qilinmaydi)
1,2, o‘rinlar Farg‘ona viloyati hokimligining maxsus sovrinlari, 3,4 o‘rinlar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Videoroliklar 1 mart soat 17:00ga qadar – Onalarga ehtirom 25 https://t.me/onalarga_ehtirom25 telegram guruhiga jo‘natilishi kerak!