Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Farzand tarbiyasida otaning roli”

22-fevral 2025-yil
image

Bugun Farg‘ona  tumanidagi  38-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Farzand tarbiyasida otaning roli” mavzusida otalar yig'ilishi o'tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar farzand tarbiyasida otalar zimmasidagi mas'uliyat hamda vazifalarga alohida to'xtalib o'tishdi.

Shuningdek, yoshlarning muammolariga ko‘proq e’tibor qaratish, ularning ezgu g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, otalarning o‘zaro samimiyati, farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi kerakligi ta’kidlab o’tildi.

Yig'ilish so'ngida ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga  javoblar oldilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb