Yangiliklar
Milliy liboslarga mehr uyg‘otilmoqda
22-fevral 2025-yil
Marg‘ilon shahridagi 18-maktabda milliy liboslarga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, milliy kiyinish madaniyatini yuksaltirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim muassasasida bugungi kunda 1272 nafar o‘quvchilarga 61 nafar pedagoglar ta’lim va tarbiya berishmoqda.
Muassasaning 15 nafar pedagoglari milliy va xalqaro sertifikatlarga egalar.
Ha, atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.
Bugun buni maktab o‘quvchilari ham qadrlayotganlari quvonarli hol, albatta.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.