Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Ta'lum bo‘yicha yaponiyalik mutaxassis Goto Mikako Yaponiya ta’lim tajribasini joriy qilish maqsadida tanlab olingan Oltiariq tumanidagi 34-IDUM va Rishton tumanidagi 26-maktablarida bo‘ldilar

27-may 2023-yil
image

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish sho‘basi xodimlari va ta'lum bo‘yicha yaponiyalik mutaxassis Goto Mikako Yaponiya ta’lim tajribasini joriy qilish maqsadida tanlab olingan Oltiariq tumanidagi 34-IDUM va Rishton tumanidagi 26-maktablarida bo‘ldilar. 
  
Ta'lim maskanlarida Yaponiyaning ta’lim tajribasini joriy qilish uchun olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. 

Shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan Yaponiya ta’lim tajribasini amalga oshirishning maqsad va vazifalarini belgilab oldilar. 

Maktablar rahbariyati va o‘qituvchilar bilan uchrashuvda Coto Mikako Yaponiya ta’limiga oid  tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab  ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb