Yangiliklar
#Amaliy_seminar
22-fevral 2025-yil
Bugun viloyatimizning barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktorlari, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, maktab maslahatchilari ishtirokida Yozyovon ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati misolida amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Unda Agentlik ishchi guruhining joriy yil 11-14-fevral kunlari viloyatda olib borgan o'rganishlari davomida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalariga bag'ishlandi.
Tadbir so'ngida har bir yo'nalish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tuzilib, amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha yo'l xaritasi ham belgilandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.