Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Guliraʼno Rasulova

22-fevral 2025-yil
image

#tashabbuskor_ustoz

Har bir darsga yangi metod bilan kiradigan yosh pedagog ta’lim sifatini oshirmoqda

* Guliraʼno Rasulova Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahridagi 19-maktabda ingliz tili fanidan saboq beradi. 

* Yosh muallima har bir darsiga yangilik bilan kirishga odatlangan. Shu bilan birga o‘quvchilarni faollashtiruvchi o‘yinlardan ham foydalanadi.

* Misol uchun, "Running Dictation" – "Yugurish diktanti" metodi interaktiv va harakatga asoslangan o‘yin bo‘lib, unda o‘quvchilar jamoaviy ishlash, eshitish, yozish va talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

- Ushbu metod ingliz tilini o‘rganishda samarali bo‘lib, e’tibor va xotirani mustahkamlashga ko‘mak beradi.

! Faoliyatni o‘tkazish tartibi:

* Matn tayyorlash – O‘qituvchi o‘rta uzunlikdagi matn yoki o'tilgan dars lug'atini tayyorlaydi va uni sinfning turli joylariga yoki doskaga ilib qo‘yadi.

* Guruhlarni tashkil qilish – O‘quvchilar kichik jamoalarga bo‘linadi, har bir jamoada “yuguruvchi” va “yozuvchi” bo‘ladi.

* Matnni olish – Yuguruvchi matnni ko‘rib, yodlab, qaytib kelib, yozuvchiga aytib beradi.

* Yozib olish – Yozuvchi matnni eshitganicha yozib boradi.

* Tekshirish – Guruhlar o‘z yozgan matnlarini asl matn bilan solishtirib, xatolarini tekshiradi.

- Kutilayotgan natijalar:

- O‘quvchilar matnni tez va aniq eslab qoladi.

- Jamoaviy ish ko‘nikmalari yaxshilanadi.

- Eshitish va talaffuz yaxshilanadi.

- Xatolar orqali o‘rganish va yozma nutq mahorati oshadi.

- Mashg‘ulot harakatli bo‘lgani uchun dars jonli va qiziqarli o‘tadi.

! Bu usulni har qanday mavzuga moslashtirish mumkin, ayniqsa, yangi so‘zlar, grammatik tuzilmalar yoki matn mazmunini tushunish bo‘yicha mashqlar uchun juda foydali.

 

 

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb