Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Milliy qadriyatlar e’tiborda

21-fevral 2025-yil
image

 Fargʻona tumanidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabida milliy qadriyatlar mavzusiga doir bir qancha tadbirlar tashkillandi.

Unda o‘quvchilar va o‘qituvchilarga milliy kiyinish madaniyatining ahamiyati, uning tarixi hamda zamonaviy hayotimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berish bilan birga, yosh avlodda milliy o‘ziga xoslik va qadriyatlarni chuqur anglashi, o‘z merosiga hurmat bilan yondashish hamda an’anaviy kiyinish madaniyati haqida ham fikr-mulohazalar yuritildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar milliy kiyimlarning tarixiy ahamiyati, ularning milliy o‘ziga xosligini saqlab kelayotganligi, shuningdek, zamonaviy kiyinish madaniyatiga uyg‘unligi haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb