Yangiliklar
O‘quvchi IELTS 8.0 ballni qo‘lga kiritdi
21-fevral 2025-yil
Farg‘onada yana bir o‘quvchi IELTS 8.0 ballni qo‘lga kiritdi
Farg‘ona shahrida joylashgan "Rahimov School" nodavlat maktabining 10-sinf o‘quvchisi Qodirov Alisher Xalqaro IELTS imtihonida muvaffaqiyatli qatnashib, 8.0 balli natja ko‘rsatdi.
Mazkur yutuq iqtidorli o‘quvchining harakatlari, o‘z ustida muntazam ishlashi, izlanishlari va tajribali ustozlarining qo‘llab-quvvatlashining pirovard natijasidir.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.